Bugun To‘rtko‘l tuman Axborot Kutubxona Markazi o‘quv zalida "Qoraqalpoq xalqining ulli farzandi" mavzusida O‘zbekiston Qahramoni Allaniyaz Uteniyazov haqida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda kitobxonlar, ko‘p tarmoqli texnikumning birinchi qaldirg‘och - kutubxonnachilik fakulteti talabalari, mutaxassislar va boshqalar qatnashdi. 1936-yilda Kegeyli tumanida tug‘ilgan Allaniyaz og‘a O‘teniyazovning ibratli umri qisqagina satrlarda bayon etilgan. U O’zbekiston qahramoni unvonini 2001 yil, "O’zbekiston xalq o’qituvchisi" unvonini 1992-yil olgan. Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi (1986 yil)Allaniyaz og‘a Qoraqalpog’iston pedagogika institutining ingliz tili fakultetini 1962-yilda tugatib, Nukus tumanidagi 4-o’rta maktabda ingliz tilidan dars berib kelgan.U o’qituvchilik paytida “Sahovat” fermer xo’jaligini tashkil etgan.Pensiyaga chiqqanidan keyin ham shu xo’jalikni boshqargan.U nogiron va yordamga muhtoj qariyalarga 42 ta uy-joy,”Nukus” shirkat xo’jaligi hudidida 2 ta maktab,2 ta akusherlik punkti,2 ta bolalar bog’chasi va 1 kutubxona binosini qurib bergan.”Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofatlangan(1995).2006 yil 81 yoshida dunyodan o’tadi.O’zbekiston qahramoni Allaniyaz Uteniyazovning eng qisqa tarjimai holi shu.Lekin bu qisqa tarjimai holning zaminida naqadar katta hayotiy haqiqatlar yotganini inson tasavvuriga sig’dirish qiyin ekanligini Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari Jonibek Settiyev qiziqarli ma'lumotlar asosida gapirib berdi. Allaniyaz og‘a haqidagi 1985 yil 29 sentyabrda sobiq Ittifoqqa tegishli “Правдa” gazetasida O’zbekiston qahramoni To’lepbergen Qayipbergenovning “Лик доброты” maqolasi Allaniyaz og’ani butun dunyoga mashhur qilganini, uning hikmatga to’la bo’lgan hayotini o’qigan eng mashhur insonlar Allaniyazga xat yozgani va bu xatlarning hammasiga Allaniyazog‘a javob bergani va oshqada qiziqarli voqealar haqida Jonibek Settiyev gapirar ekan "Bunday buyuklar hayotiy faoliyati har birimizga bir ibrat maktabi bo‘lishi kerak, deya so‘zini tugatdi. SHundan so‘ng To‘rtko‘l AKM direktori Umrbek Matniyazov, ko‘p tarmoqli texnikum direktori Zevar Yusupova va boshqalar gapirdilar. “Allaniyaz-qoraqalpoq xalqining ulli farzandi” mavzusudagi bu davra suhbatida ishtirok etgan ko’p sonli kitobxonlar,ko’p tarmoqli texnikum “Kutubxonachilik” fakultetining talabalari ,mutaxassis va xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Davra suhbatini O‘zbekiston qahramoni bo‘lgan Allaniyaz O‘teniyazovning qadriyatini yanada yuksatirish bilan yakunlandi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company