“100 kitob loyihasi”

“100 kitob loyihasi”
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy konimunikatsiyalar agentligi tizimida kitobxonlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan “100 kitob loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi Agentlikning 2022 yil 31-maydagi 117-son, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022 yil 8-iyundagi 81-sonli va Qoraqalpog’siton Respublikasi axborot kutubxona markazining 2022 yil 16-iyundagi 41-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, To’rtko’l tuman axborot kutubxona markazida “100 kitob loyihasi” doirasida chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Anashu reja asosida 29 iyul kuni kutubxona o’quv zalida “Guliston”, “Mustaqillik” mahallalari yoshlar yetakchilari bilan birgalikda tadbir o’tkazildi.
Unda mutaxassisilar R.Gapparova, M.Karimova, I.Aminovalar mahalla yoshlariga loyiha to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdilar. Tadbirda qatnashgan yoshlar 100 kitob loyihasidagi ko’rsatilgan adabiyotlardan olib kutubxonaga a’zo bo’ldilar