Dilimning rangini gul bilsa bo‘ldi, Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi.

To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida ushbu misralar muallifi, O'zbekiston xalq shoiri Omon Matjonning 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo'lib o'tdi. Kechada davlat tili masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi Gulyora Nazarova, Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi To'rtko'l tuman bo'linmasi mutaxassisi Sanjarbek Karimov, Mehnat faxriysi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi a'zosi, adiba va shoira Shirinoy Razzoqova, tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi, shoira, O'zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Munavvara Yusupova va tuman Axborot-kutubxona markazi qoshida tashkil etilgan "Onajonim she'riyat" klubi a'zolari, tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda kitobxonlar qatnashdilar.