ADABIYOTIMIZNING QO‘SH DARG‘ALARI

To‘rtko‘l tumandagi 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Madaniyat bo‘limi xodimlari, umumta’lim maktablarining targ‘ibotchilari va o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari va kollej talabalari hamda OAV vakillari ishtirokida qoraqalpoq adabiyotining buyuk va betakror namoyandalari, O‘zbekiston Qahramonlari – I.Yusupov va T.Qayipbergenov xotiralariga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. espublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev ochib berdi va qoraqalpoq adabiyotining bu ikki buyuk darg‘alarining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari haqida ta’kidladi. Kechaning badiiy qismida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan I.Yusupov qalamiga mansub “Esar Jayhun shamollari” she’ri asosida yaratilgan qo‘shiq, 67-son umumta’lim maktabi o‘qituvchisi A.To‘legenova tomonidan “G‘ozlarning qanotida” she’ri asosida yaratilgan qo‘shiq va qoraqalpoq folklyor ansambli badiiy rahbari A.Qadamov tomonidan “Ovulimda to‘y” qo‘shig‘i ijro etildi. 17- va 67-son umumta’lim maktablarining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan go‘zal raqslar kechaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbirda tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan I.Yusupov va T.Qayipbergenov qalamiga mansub badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.