Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarning, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlandandir. Ikkinchi jahon urushida xalok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli jangohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yengan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, iymoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi. To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati To'rtko'l tumani bo'linmasi hamda To'rtko'l tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi bilan hamkorlikda "Ajdodlar ruhin etib yod" mavzusida xotira kechasi o'tkazildi. Tadbirda Respublikasi Ma'naviyat va Ma'rifat markazi To'rtko'l tuman bo'linmasi rahbari J.Settiyev maktab kutubxonachilari, o'quvchi yoshlar, ko'zi ojiz nuroniy otaxonlar qatnashdilar. J.Settiyev so'zga chiqib 2-jahon urushi hamda front orti voqealarini gapirib o'tdi. O'quvchi yoshlar o'zlarining xotira muqaddasligi haqidagi she'rlarini aytib berishdi. Madaniyat xodimlari tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro qilindi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company