Kutubxona - ilmu urfon markazi.

Dunyodagi har qaysi davlat har qaysi xalq birinchi navbatda, o'zining intellektual salohiyati, yuksak ma'naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti - kitob va kutubxonalardadir". Sh. Mirziyoev Darhaqiqat kutubxonalarda kitob o'qishni istovchilar uchun bir qancha shart-sharoyitlar mavjud. Yaxshi badiiy asarning xizmati shundaki, insonni fikrlashga o'rgatish, dunyoqarashini shakllantirish bilan birga qalbni poklikka yetaklab, ruhiyatini tarbiyalaydi. 16 iyun kuni To'rtko'l ko'p tarmoqli texnikum talabalari To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.Kutubxonaga sayohat davomida yoshlar kutubxona fondlari, o'lkashunoslik muzeyi bilan tanishib adabiyotlarni tanlab, a'zo bo'ldilar. Kutubxona bo'ylab sayohat talabalarda katta taassurot qoldirdi.