Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Turk nazmining bilimdoni"

8-fevral kuni To'rtko'l tuman 5-son sanatoriya maktab internatida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Turk nazmining bilimdoni" mavzusida adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.Kechani sanatoriya maktab internati Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Xo'janiyazova Iroda ochib berdi va Navoiy ijodi haqida gapirib,shoir asarlaridan mutolaa qilishni tavsiya qilib barchani bayram bilan tabrikladi.Kechada tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi S.Karimova ham so'zga chiqib,  Navoiyning bebaho merosi va milliy madaniyatimizga qo'shgan hissasi haqida gapirib o'tdi.5-son sanatoriya maktab internati ona-tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Qurbaniyazova Adolat,maktab internati kutubxonachisi Satimova Roza va maktab internati o'quvchilari bilan birgalikda tayyorlagan sahna ko'rinishlari,bobomiz Navoiy g'azallaridan aytilgan parchalar,o'quvchi qizlarning milliy kuy-qo'shiqlarga tushgan raqslari kechaga o'zgacha zavq bag'ishladi.