Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish hamda targ‘ibot-tashviqotini tashkil qilishga mo‘ljallangan "YO‘L XARITASI" ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi, tuman Axborot kutubxona markazi, tuman Pedogogika kolleji bilan hamkorlikda “Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida yozuvchi va shoir Matnazar Abdulhakim xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil qilindi.
Ma’lumot uchun Matnazar Abdulhakim 1948 yil 20 fevralda Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2000). Rossiyaning Taganrog shahridagi Rus tili va adabiyoti institutini tamomlagan. «Tiniq tonglar» (1982), «Fasllar qo‘shig‘i» (1984), «Qor qo‘shig‘i» (1990), «Yonimdagi daryolar» (1993), «Qorachikdagi dunyo» (1994), «Bir kuchoq gul», «Oydinlik» (1997), «So‘nggi yaproq» (1999) kabi kitoblari nashr qilingan. Shayx Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin Bag‘dodiy, Pahlavon Mahmud, Mirzo Bedil asarlarini forsiydan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Matnazar Abdulhakim 2010 yil vafot etgan. Shoir va tarjimon, adabiyotshunos Matnazar Abdulhakimning “Darsdan so‘ng” she’ri asosida 2003 yil Ellikqal’a tuman markazida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan “Ustozga ehtirom” haykali bunyod etilgan.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company