"Inson huquqlari-oliy qadriyat"

Bugungi kunda kutubxonalar huquqiy madaniyatni shakllantirishning asosiy manbaiga aylanib bormoqda.Aholiga keng ko'lamli,ochiq huquqiy ma'lumotlarni taqdim etish va ijtimoiy ahamiyatga ega huquqiy axborotni yig'ish,saqlash va tarqatish kabi ishlar bajarilmoqda.Bu vazifalar asosan kutubxonaning Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi va "Inson huquqlari-oliy qadriyat" mavzusida doimiy kitob ko'rgazmasi taskil qilinib ushbu ko'rgazma doimiy ravishda yangi adabiyotlar va matbuot nashrlari bilan to'ldirib boriladi.Bundan ko'zlangan maqsad aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bo'lib shu munosabat bilan 26-iyun kuni To'rtko'l Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida bibliograf A.Akshurayeva yangi kelgan huquqiy mazmundagi adabiyotlar,vaqtli matbuotlarda berilgan maqolalar asosida suhbat olib borib,bibliografik sharh o'tkazdi.Tadbirda kitobxonlar yurtimizda ro'y berayotgan huquqqa oid yangiliklar,qonun,qaror va nizomlar bilan yaqindan tanishtirildi.