Mutolaa,kitobxonlik-buyuk kelajak kafolati"

Yoshlarning yanada faolligini oshirish uchun ularga qiziq hamda kelajakda istiqbolli sohalar,yo'nalishlar bo'yicha ko'proq va chuqurroq bilim berish zarur.28-iyun kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash" yiliga bag'ishlab "Mutolaa,kitobxonlik-buyuk kelajak kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.Tadbirni Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati rahbari Roza Gapparova ochib berdi. U o'z so'zida ilm-fan,innovatsiya,IT kabi sohalarni rivojlantirishga kuchli e'tibor qaratilayotgani, bugungi kunda kutubxonalar ta'lim va tarbiya maskaniga aylangani,yoshlarning mustaqil bilim olish bilan shug'ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilganligi haqida gapirib o'tdi.