"Хон атлас" - 2024 фестивали

Milliylik bu - o'zlik demak, Elda yorug' yuzlik demak. Atlas kiying,adras kiying, Kiysa kimki,o'zbek demak. O'zbek milliy urf-odatlari va an'analari,milliy qadriyatlarini namoyon etish maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasining tashabbusiga binoan 9 - 14 - sentyabr kunlari "Xonatlas" festivalini o'tkazish belgilangan.Shu munosabat bilan To'rtko'l Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham o'z ish kunlarini milliy liboslar bilan bayramona kayfiyatda boshladilar.Bundan ko'zlangan asosiy maqsad-milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga teng o'tmish,urf-odati va an'analari,didi,estetik qarashlari,o'ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish va targ'ib qilishdan iboratdir.