“Millat bayrog‘i”

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan kecha maktabgacha ta'lim va maktab tuman bo‘linmasiga qarashli 16- son o'rta maktabida “Millat bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev, Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning To‘rtko‘l tuman bo‘yicha mutaxassisi Q.Omonbaev,To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazi mutaxasasislari hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira M.Yusupovalar qatnashib, bayrog‘imiz bilan bog‘liq tarixiy voqealar va undagi ramz bugungi O‘zbekistonning qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlig, shuningdek, Davlat bayrog‘i respublikaning milliy-madaniy an’analarini ham o‘zida mujassamlashtirganligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.