"Millat bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan bugun Toshkent Gumanitar fanlar universitetida “Millat bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev, Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning To‘rtko‘l tuman bo‘yicha mutaxassisi Q.Omonbaev To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazi mutaxasasislari hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira M.Yusupovalar qatnashib, bayrog‘imiz bilan bog‘liq tarixiy voqealar va undagi ramz bugungi O‘zbekistonning qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlig, shuningdek, Davlat bayrog‘i respublikaning milliy-madaniy an’analarini ham o‘zida mujassamlashtirganligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.