“Bayrog'imiz-faxrimiz, g‘ururimiz”

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-son umumta’lim maktabida “Bayrog'imiz-faxrimiz, g‘ururimiz” shiori ostida ma’naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Sana munosabati bilan ta’lim-tarbiya maskanlarida o‘quvchi yoshlarni istiqlolning qadriga yetishga da’vat qilish, yoshlar ongida davlat ramzlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha sharhli tushunchalar berildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev, To‘rtko‘l tuman Axborot kutubxona markazi xizmat rahbari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira M.Yusupovalar qatnashib bayrog‘imiz haqida to‘lqinlanib gapirishdi. Shundan so‘ng  o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. "Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. O'zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir".