Ona tilim-donishmandlik asosi! To’rtko’l tuman axborot kutubxona markazida qoraqalpoq tiliga davlat maqomi berilganligining 35 yilligiga bag’ishlangan "Ona tilim donishmandlik asosi" mavzusida adabiy badiiy kecha bo’lib o’tdi.Adabiy badiiy kechani To’rtko’l tuman Axborot Kutubxona markazi direktori Umrbek Matniyozov ochib berdi. Shundan so’ng Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi To’rtko’l tuman bo’linmasi rahbari Jonibek Settiyev so’zladi. "To’rtko’lnoma" gazetasi muharriri, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurullayeva O’g’iljon, Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Shirinoy Razzaqova, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Islom Babajanov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklashdi. Qoraqalpoq tili tarixi, va bugungi kundagi imkoniyatlari haqida mehnat faxriysi, tarjimon, ijodkor inson Bozorboy Umarov va shoira Sanamjon Soburovalar gapirishdi. Shundan so’ng 67-maktabning direktori Adolat To’lagenova do’mbirada "Dem bermes" qo’shig’ini iro etdi. Shu maktabning o’quvchi qizlari qoraqalpoq tilida she’rlarni ifodali aytishdi. Qoraqalpoq tiliga bag’ishlangan video tasvirlar kechada qatnashayotgan kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. Shundan so’ng davlat tili masalalari bo’yicha tuman hokimi maslahatchisi Gulyora Nazarova ham tilimizning afzalliklari haqida gapira turib tadbir haqida "Shunday bir ajoyib, do’stona davra bo’layotganini, samimiyat bu davraning eng bir go’zal sifati ekanligini e’tirof etdi. Tadbirni O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Munavvara Yusupova olib bordi. "Onajonim she’riyat" klubi a’zolarining qoraqalpoq tiliga bo’lgan mehri-muhabbati satrlarda, ifodali ohanglarda namoyon bo’ldi. Shuningdek tadbirda 22-son maktabning kitobxon o’quvchi yoshlari ishtirok etdi. Adabiy badiiy kecha bir so’z bilan aytganda til haqidagi fikrlar, she’rlar va video tasvirlar asosida chiroyli bo’lib o’tdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company