Yangi kitob taqdimoti

Maktabgacha yosh davrida ertak va hikoyalarni ko'p eshitgan bola nutqi ravon,fikrlashi tiniq, hayolat olami cheksiz bo'ladi.Shu boisdan, bolaga kitobga ijobiy munosabatning singdirilishida kutubxonachilarning oila bilan hamkorlikning o'rni muhimdir.To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markaziga 26 noyabr kuni "Navoiy" mahallasida yashovchi kitobxon ona M.Seytimbetova nevaralari bilan tashrif buyurib, yangi adabiyotlar bilan tanishdi.Shu bilan birga nevaralariga rangli, chiroyli va o'ziga jalb qiluvchi rasmlari bor kitoblarni mutolaa qilish uchun oldilar. Shuningdek mutaxassislar S.Karimova bolalar uchun yaratilgan yangi adabiyotlar targ'ibotini o'tkazdi.