"Kitobxon avlod"

Yoshlarning, kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish,ularning ma'naviy salohiyatini yuksaltirish,kutubxona-bibliografik bilimlarini targ'ib qilish,talaba-yoshlarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini tezkor va sifatli ta'minlash maqsadida To'rtko'l tuman Axborot kutubxona mutaxassislari o'quv muassasalari,korxona va tashkilotlar bilan birgalikda turli tadbirlar,ko'rik-tanlovlar kitob taqdimotlari o'tkazib bormoqdalar.28-noyabr kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazining o'quv zalida "Kitobxon avlod" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.Tadbirda TDIU To'rtko'l fakultetining o'qituvchisi A.Erimbetov bir guruh o'qituvchilar bilan tashrif buyurdilar.O'qituvchilar talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida kutubxona bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish borasida o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi