"Kitob ovozsiz muallimdir" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Aholiga axborot-kutubxona xizmatini yanada rivojlantirish,kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida bir qator tadbirlar o'tkazilmoqda.9-yanvar kuni Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati rahbari R.Gapparova kutubxonaga tashrif buyurgan bir guruh talaba yoshlar bilan birgalikda "Kitob ovozsiz muallimdir" mavzusida davra suhbati o'tkazdi.Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.