To‘rtko‘l tumani Musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.To‘rtko‘l tuman Axborot – kutubxona markazi mutahassislari tadbirda qatnashib o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tayyorlagan rasmli al’bom bilan tanishtirdilar. Vatan himoyasi, xalq tinchligi yo‘lida o‘z bilim va g‘ayratlarini safarbar qilayotgan Vatan himoyachilari, mard o‘g‘lonlarini hamda Vatanparvar yurtdoshlarimizni bayram bilan qutladilar. Bayram tadbiri tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi hamda milliy kuy-qo‘shiqlardan iborat konsert dasturi bilan davom etdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company