TDIU To'rtko'l fakultetida buyuk alloma, so'z mulkining sultoni A. Navoiyning tavalludi hamda "Milliy qadriyatlar - millat ma'naviyatining ko'zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va #do‘ppichellenji o'tkazildi. Tadbirda Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, milliy urf-odatlar va qadriyatlarga boʻlgan eʼtiborni yanada oshirish, buyuk allomalarimiz hayotini va asarlarini qunt bilan o'rganish yoshlarning kelajagi uchun muhim poydevorligi to'grisida ma'ruzalar tinglandi. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, g'azal va ruboiylar tadbirga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev, Tortkol tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari , O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira M.Yusupova va OTM rahbariyati hamkorlikda oʻtkazdi
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company