"Huquqiy ong,huquqiy tafakkur va ma'naviyat olami"

Davlat va huquqni tavsiflashdagi asosiy mezon-ularning jamiyat hayotida tutgan rolidir.Davlat-jamiyatni uyushtirish,boshqarish vositasi bo'lsa,huquq ijtimoiy munosabatlarni jamiyat va inson manfaatlaridan kelib chiqib tartibga solish vositasidir.
To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona mutaxassislari aholi o'rtasida huquqshunoslikga oid adabiyotlar targ'ibotini reja asosida olib bormoqdalar.Kutubxonaga kelgan kitobxonlarni,ayniqsa yoshlarni yangi kelgan huquqga oid adabiyotlar bilan tanishtirib bormoqdalar.18-fevral kuni "Huquqiy ong,huquqiy tafakkur va ma'naviyat olami"mavzusida Axborot-bibliografiya xizmati rahbari A.Akshurayeva kitobxonlar bilan suhbat va bibliografik sharh o'tkazdi.