"Baxt va muhabbat kuychisi" mavzusida she'riyat kechasi

O 'zbekiston Xalq shoirasi,jurnalist,tarjimon,jamoat arbobi Zulfiya Isroilova bahor faslining ilk kunida tavallud topgan.Har yili yurtimiz bo'ylab barcha ta'lim muassasalari va tashkilotlarda ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar,uchrasuvlar,adabiy-badiiy,she'riyat kechalari tashkil qilinadi.Bugun To'rtko'l tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi bir guruh o'quvchilari,maktab kutubxonachisi,psixologi hamda To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan birgalikda Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlab "Baxt va muhabbat kuychisi" mavzusida she'riyat kechasi tashkil qilindi.Kechada Axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari,O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,shoira M.Yusupova shoira ijodi haqida gapirib,o'z ijodidan namunalar keltirdi,maktab o'quvchilari esa Zulfiyaxonim she'rlaridan parchalar o'qishdi.Kecha tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.