"Keksalar kengashsa,yoshlar birlashadi". To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari Navro'zi olam yasharish va yangilanish,qadriyat mehr-muruvvatga to'la qalblarni uyg'otuvchi go'zal bayram bilan,nuroniy ustoz ko'p yillar kutubxona sohasida direktor lavozimida mehnat qilgan,hozirgi kunda To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazida ishlayotgan ko'pchilik xodimlarning ustozi keksa onaxon Munavvara Reyimberdiyevani Navro'z bayrami bilan tabrikladilar."Ustoz-shogird"an'analari - yoshlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash,ularning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini oshirish,izlanish,ijod qilish,bir so'z bilan aytganda, har tomonlama yetuk shahsni shakllantirishda o'ziga xos tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi bilan katta ahаmiyat kasb etadi.To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazida faoliyat yuritayotgan yosh mutahassislar ham"Ustoz-shogird" an'anasiga muntazam ravishda amal qilib kelmoqdalar.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company