"Millatlararo totuvlik".

"Millatlararo totuvlik". Millatlararo totuvlik-millatlararo ahillik,xalqaro do'stlik,milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri bo'lib u muayyan hududda va davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi,hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.Hozirgi kunda mamlakatimizda ushbu g'oyani amalga oshirishga juda katta e'tibor qaratilmoqda.To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida ushbu mavzu asosida kitob ko'rgazmasi tashkil qilingan bo'lib,kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar ushbu ko'rgazmadagi adabiyotlar hamda umumbashariy qadriyat hisoblangan millatlararo totuvlik g'oyasi haqida tushuncha va ma'lumotlar bilan tanishtirib borilmoqda.