"Jaholatga qarshi ma’rifat"

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2025-yil 17-mart kungi "Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish choralari to‘g‘risida"gi 37-sonli bayoniga asosan, ishchi gurux tomonidan amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri To'rtko'l tumani "Toshkent" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Axborot kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqimiz o‘rtasida milliy birlikni ta’minlash, yosh avlod ongida Vatanparvarlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, yoshlar o‘rtasida, millatlararo totuvlik, hamjihatlikni mustahkamlash, asrlar davomida shakllangan qadriyatlarga amal qilib yashashga o‘rgatish, jamiyatdagi salbiy illatlarga, xavf-xatarlarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish hamda "Jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyili asosida ularni biz ko‘zlagan ezgu maqsadlarga yo‘naltirib borish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorgʻi Kengesi deputati J.Settiyev hamda ishchi gurux a'zolari qatnashdi