"Huquqiy adabiyotlar"

Hozirgi kunda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni shakllantirishning asosiy manbalaridan biri bu albatta huquqiy kitoblar hisoblanadi.Aholining huquqiy ongini o'stirish va huquqiy madaniyatini shakllantirishda huquqiy adabiyotlar alohida o'rin tutadi.Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Axborot-kutubxona markazimizda huquqiy adabiyotlar asosida "Huquqiy adabiyotlar" burchagi tashkil qilingan.Bugun kutubxona Axborot-bibliografiya xizmati rahbariA.Akshurayeva kutubxonaga tashrif buyurgan faol kitobxonlarni huquqiy adabiyotlar burchagi bilan tanishtirib bordi va kitobxonlar bilan "Huquqlarim poydevori" mavzusida suhbatlashib, yangi huquqiy adabiyotlarga bibliografik sharh berib o'tdi.