"Oʻzbekiston Kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika Kitobxonlik haftaligi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi "O'zbekiston -kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "kitobxonlik xaftaligi" ochilish uchun start oldi. Shu munosabat bilan Toʻrtkoʻl tuman Axborot-kutubxona markazi binosi oldida "Kitobxonlik haftaligi"ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi rahbari J.Settiyev ,Toʻrtkoʻl Iqtisodiyot universiteti o'qituvchi va talabalari , Davlat tili masalalari boʻyicha tuman hokimi maslahatchisi G.Nazarova ,koʻp tarmoqli 1-politexnikumi talabalari, Kitobxon onalar klubi aʼzosi va madaniyat xodimi Allashova Z qatnashdilar. Tadbir davomida 16-17-21-22- va 30-son umumta'lim maktab o'quvchilari oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan tadbirga koʻtarinki kayfiyat ulashishdi.