"Jadidchilar hayotidan"

Kunning 2-yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi "O‘zbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida,reja asosida To‘rtko‘l tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida "Jadidchilar hayotidan" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakulteti talabalari hamda tuman 22-son umumta'lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.Suhbat davomida o‘quv zali mutaxassisi M.Karimova jadidchilik harakati namoyondalari,ular hayoti,kurashlari va asosiy g‘oya va maqsadlari to‘g‘risida aytib o‘tib,ishtirokchilarni jadid adabiyoti namunalaridan iborat kitob ko‘rgazmasi bilan tanishtirdi.Jadid adabiyoti ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.