"O‘zbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida 24-aprel kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan "Kitobxon onalar klubi"ning "Kitobdan kuch olaman" mavzusidagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi mutaxassissi S. Karimov, davlat tili masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi G. Nazarova mehnat faxriysi, Lola Allashukurova, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Shirinoy Razzaqova va yosh kitobxonlar ishtirook etishdi. Uchrashuvda Lola Allashukurova o‘zining ko‘p yillik mehnati davomida "... faqat kitobgina insonga do‘st bo‘la olishini his qildim va hozir ham kitob o‘qishda davom etyapman"-dedi. Bir necha yillar tumanning rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shgan Lola opa o‘zidagi barcha muvaffaqiyatlarga kitob sababchi ekanligini aytar ekan, kitobxonlarga qarata"Kitob sizni har qanday vaziyatlardan olib chiqa oladigan mo‘jizaviy neʼmatdir"-deya taʼkidladi. Shuningdek, 22-maktabining 7- sinf o‘quvchisi, Respublika. "Yosh kitobxon" tanlovinig ragʼbatlantiruvchi mukofot sohibi Ozodbek o‘z taassurotlarini aytib o‘rtoqlashdi. Tadbir so'ngida Ozodbekka va kitobxon ona Lola Allashukurovaga kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi. Tadbir savol-javoblar asosida ko‘tarinki ruxda davom etdi. Uchrashuvni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi M. Yusupova olib bordi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company