"Oila-mustahkam qo'rg'on"

Bugun To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida har oy an'anaviy ravishda o'tkaziladigan "Kitobxon onalar kuni" tadbir munosabati bilan 15-may "Xalqaro oila kuni"ga bag'ishlab "Oila-mustahkam qo'rg'on" mavzusida mehnat faxriysi,necha yillar tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o'z hissasini qo'shib kelgan nuroniy kitobxon onaxon Klara Serjanova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.Uchrashuv K.Serjanovaning o'z hayotiy tajribalari,kitob haqidagi mulohazalarini kitobxonlar bilan o'rtoqlashlagani bilan qiziqarli bo'lib o'tdi.Tadbir so'ngida K.Serjanovaga kutubxona xizmat rahbari M.Yusupova o'z ijodiga mansub adabiyotlardan sovg'a tariqasida taqdim qildi.