Oilada sharqona sadoqat

To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Farovon oila sari" shiori ostida oilada kitobxonlikni yuksaltirish maqsadida "Paxtachi" OFY,Ohangrabo 5-uyda istiqomat qiluvchi 4 o'g'il,4 kelin,9 nafar nabiraning buvisi G.Otaniyozova xonadoniga tashrif buyurib,"Oilada sharqona sadoqat" mavzusida suhbat o'tkazdilar.Suhbat davomida xonadon egasi oila,oila mustahkamligi va bunda qaynona-kelin,er-xotin,ona va farzand o'rtasidagi munosabatlar hamda farzandlarni ma'nan yetuk,bilimli tarbiyalashda kitob va kitob mutolaasining o'rni to'g'risida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi.