"Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi"

"Farovon oila sari" shiori ostida o'tkazilayotgan chora-tadbirlar ish rejasi asosida 26-may kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida "Ibratli oila" tanlovi tuman bosqichi g'olibi,"Beruniy" MFYda istiqomat qiluvchi Utemuratovlar oilasi bilan "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.Suhbat davomida mazkur oila vakillari mustahkam oila sirlari,oilda er-xotin munosabatlari hamda farzand tarbiyasi to'g'risida o'z tajribalarini o'rtoqlashdilar.Suhbat so'ngida oila vakillari nabiralari bilan birgalikda kutubxona fondi bilan tanishib,mutolaa uchun kitoblar olishdi.