O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to'g'risidagi 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46 son qarori O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023-yil 10-fevraldagi 21-son buyrug'i hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 21-fevraldagi 13-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida To’rtko’l tuman Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida inson huquqlari va erkinliklariga doir huquqiy adabiyotlar asosida foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish maqsadida doimiy kitob ko’rgazmasi tashkil qilingan.Ko‘rgazmadagi adabiyotlar asosida 10-iyun kuni Axborot-bibliografiya xizmati rahbari kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlarga “Huquqiy tafakkur va targ’ibot” mavzusida davra suhbati o’tkazdi.Suhbat davomida A.Akshurayeva kitobxonlarga huquqiy madaniyatning negizini huquqiy ong va huquqiy tafakkur tashkil etishini,huquqiy tafakkur shaxsning o’z huquq va erkinliklarini himoya qilishda ishonchli rivojlanish istiqbollarini belgilab berishini aytib o’tdi hamda kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company