"Millat bolalarini o‘qutmak"

Yurt taraqqiyoti ilm egalari qo‘lidadir."Millat bolalarini o‘qutmak" kabi ezgu ishga umrini bag‘ishlagan jadid bobolarimizning asl maqsadi-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilmli,ma'rifatli qilish edi.Jadid bobolarimiz maqsadi yo‘lida To‘rtko‘l tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida jadid adabiyoti asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilingan,yozgi ta'tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurgan bir guruh yoshlar qiziqishi asosida "Turkiston ma'rifatparvar jadidlari" mavzusidagi ko‘rgazma bilan tanishtirib o‘tildi hamda jadid adabiyotidan mutolaa uchun tavsiya qilindi.