Hozirgi kunda dunyo miqyosidagi global muammolardan biri bu korrupsiyadir.Korrupsiya davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazuvchi,inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir.Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish,huquqiy savodxonligini oshirish,huquqiy ta’lim va tarbiya berish muhim vazifalardan biri ekanligini inobatga olgan holda To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida huquqiy adabiyotlar asosida doimiy kitob ko'rgazmasi tashkil qilingan.Bugun kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar qiziqishi asosida Axborot-bibliografiya xizmati rahbari A.Akshurayeva kitobxonlar bilan "Korrupsiya-jamiyat tanasidagi saraton" mavzusida suhbat o'tkazdi va suhbat davomida yosh kitobxonlarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar nima ekanligi va uning salbiy oqibatlari to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company