"Yorug'likka boshlagan yo'llar" nomli kitobining taqdimoti

Joriy yilning 12-iyul kuni To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida jurnalist O'.Nurullayevaning "Yorug'likka boshlagan yo'llar" nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.Taqdimotni kutubxona xodimi,ijodkor M.Yusupova olib bordi.Ushbu kitobda To'rtko'limizning fidoiy insonlaridan biri,quruvchi muhandis-Rajabboy Bekchanovning hayoti va ish faoliyati haqida hikoya qilingan bo'lib,taqdimotda kitob qahramonining oila a'zolari,do'stlari,mahalla ahli hamda kitobga oshno kitobxonlar ishtirok etishdi.Tadbir davomida R.Bekchanovning oila a'zolari,do'stlari so'zga chiqib kitob qahramonining hayotlik chog'laridagi qilgan bir-biridan chiroyli ishlari haqida eslab o'tishdi.Kitob muallifi O'.Nurullayeva ham so'zga chiqib ushbu kitobning yaratilishi haqida gapirib o'tdi hamda taqdimot so'ngida tashrif buyurgan mehmonlarga hamda kutubxonaga yangi kitobdan taqdim qildi.