Кutubxona bo'ylab sayohat

Yurtimiz ertasi bo'lgan yoshlarning ma'naviy intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirish,barkamol shaxsni tarbiyalashda kitob qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, kutubxonalarning o'rni ham bu borada bo'lakchadir. Tumandagi 12-son umumta'lim maktabi kutubxonachisi bir guruh o'quvchi yoshlar bilan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar va kutubxona bo'ylab sayohat qildilar.Sayohat davomida kutubxonada tashkil qilingan muzey hamda o'lkashunoslikka oid adabiyotlar bilan tanishdilar.Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi ularni o'lkashunoslikka oid adabiyotlar,tumandagi yosh ijodkorlarning yangi nashrdan chiqqan she'riy to'plamlari bilan tanishtirdi.Sayohat o'quvchilarda qiziqish uyg'otdi va ular kutubxonaga a'zo bo'lib,qiziqarli adabiyotlardan tanlab oldilar.