"O'zbekiston millatlararo totuvlik ulug'langan yurt"

26-iyul kuni To‘rtko‘l tumani 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan katta bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirda Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish qilindi.Dastur doirasida xushovoz xonandalar tomonidan turli millat vakillarining kuy va qo‘shiqlari yangradi, milliy raqslari ijro etildi.Tadbirda To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari turli millatga mansub kitoblar asosida "O'zbekiston millatlararo totuvlik ulug'langan yurt" mavzusidagi kitob ko'rgazmasini ishtirokchilarga taqdim etdi. Tashkil qilingan ushbu tadbirning asosiy maqsadi yurtimizda tinchlik, barqarorlik va millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, yoshlarda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va do‘stlik tamoyillarini chuqur singdirishdan iboratdir.