"Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-mart kungi “Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ 92-sonli qarorining 4-bandi hamda O‘zbekiston Faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvining 2024- yil 08-iyul kungi topshirmasiga asosan har bir mahallada “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakilllari tajribasidan foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o‘rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilishda faol bo‘lgan nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida 29 iyul kuni To‘rtko‘l tumani madaniyat saroyida "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.Tadbirda tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitob ko'rgazmasi bilan ishtirok qilishib,tashrif buyurgan mehmonlarni kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirib borishdi.