O'tkir Hoshimov asarlaridan ko'rgazma

O'zbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobi O'tkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan.Uning 1962-yilda ilk kitobi "Po'lat chavandoz" asari nashr qilingan bo'lib asar-o'zbek adabiyotidagi yoshlar uchun yozilgan eng ta'sirli,tarbiyaviy va ruhlantiruvchi qissalardan biri hisoblanadi.Bu asar xalqona ruhda yozilgan bo'lib,o'zbek qishloq hayoti, mehnatsevarlik,odamlar o'rtasidagi munosabat va bolalarning voyaga yetishi kabi mavzularni qamrab olgan.To'rtko'l tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari O'tkir Hoshimov asarlaridan ko'rgazma tashkil qilib kitobxonlar bilan davra suhbati o'tkazdi.Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati rahbari A.Akshurayeva kitobxonlarga adib asarlaridan ma'lumot berdi.Kitobxonlar adib asarlaridan o'qiganlari asosida bir-birlari bilan o'zaro fikr almashdilar