"Po'lat chavandoz" mavzusidagi kitob ko'rgazmasi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 10-apreldagi 02-12/1449-son xatiga binoan, "Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog'lomlashtirish masalalari bo'yicha" Respublika komissiyasi majlisining 2025-yil 9-apreldagi 29-son bayonining 5-bandi b-xatboshi ijrosi, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 37-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Oq kabutar" yozgi bolalar sog'lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurishdi.Markaz bibliografi Z.Matyakubova oromgoh tarbiyachilariga 5-avgust O'zbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobi O'.Hoshimov tavalludi munosabati bilan tashkil qilingan "Po'lat chavandoz" mavzusidagi kitob ko'rgazmasi asosida adib asarlariga bibliografik sharh o'tkazdi