“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida oromgoh tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Zakovot" intellektual o'yinini tashkil qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning 2025-yil 31-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 63-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 11-avgust kuni To‘rtko‘l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Oq kabutar" yozgi bolalar sog'lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurib “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida oromgoh tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Zakovot" intellektual o'yinini tashkil qilishdi.O'yin davomida tarbiyalanuvchilar guruhlarga bo'lingan holda Ona Vatanga,tug'ilgan o'lkaga oid savollar asosida bellashishdi.Bellashuv so'ngida g'olib jamoa kutubxona ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.