"Kitob marafoni" aksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 31-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 63-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida 14-avgust kuni To‘rtko‘l tuman Axborot-kutubxona markazida tuman hokimligi,Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi To'rtko'l tuman bo'linmasi, "To'rtko'lnoma" gazetasi tahririyati bilan birgalikda yoshlar va aholi o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish,kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida "Kitob marafoni" aksiyasi bo'lib o'tdi.Aksiya doirasida kutubxona mutaxassislari tomonidan ochiq osmon ostida badiiy va ma'rifiy adabiyotlar asosida kitob ko'rgazmalari tashkil etildi.Tashkil etilgan kitob ko'rgazmalari marafon ishtirokchilari hamda kitobxonlarda katta qiziqish uyg'otdi va o'z qiziqishlari asosida mutolaa uchun kitoblar tanlab olishdi.