"Huquqlarim poydevori"

Kitoblar yoshlarning dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'qish, o'rganish va o'z fikrlarini ifoda qilish uchun kerakli manba bo'lib xizmat qiladi. To'rtko'l tuman Axborot-Kutubxona markazi kutubxonasiga talaba-yoshlarning qatnovi davom etmoqda. 16-sentabr kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To'rtko'l filialining bir guruh talaba-yoshlari o'qituvchilari bilan tashrif buyurdilar. Kutubxona mutaxassislari M. Yusupova va M.Karimovalar talaba-yoshlar bilan birgalikda "Huquqlarim poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil qildilar. Davra suhbatida talabalar kutubxonaga yangi kelgan hquqiy adabiyotlar bilan tanishdilar va o'zlari qiziqqan savollarga javob oldilar. Tadbir juda qiziqarli bo'lib o'tdi. Tadbir so'nggida bir guruh talabalar kutubxonaga a'zo bo'lishdi.