Respublikamizda bo'lib o'tayotgan bilim va ma'rifat oyligi hamda madaniyat haftaligi munosabati bilan To'rtko'l tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limining bir guruh harbiy hizmatchi xodimlari bugun To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Ular kutubxona bilan tanishmasdan oldin davlatimiz madhiyasini jo'r ovozda, birgalikda aytishdi. Shundan so'ng kutubxona mutaxassisi, shoira M.Yusupova insonning kitob o'qishdan maqsadi o'zining ma'naviy yuksaltirish kabi jarayonni o'z ichiga oladi. Biz kutubxonaga kelgan katta-kichik har bir kitobxonga ana shunday maqsadda hizmat qilamiz-deb kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi. Kutubxona mutaxassisi S.Karimova esa kutubxona bo'ylab sayohat qildirdi. Biz davlatimizning har bir chaqirig'iga labbay deb, javob berishga odatlanganmiz. Shuning uchun ham har bir ishchi kunimizni davlatimiz madhiyasini aytish bilan boshlaymiz. Bu esa bizni juda ham ruhlantiradi. Chunki Vataningni qalbingda, har olib turgan nafasingda saqlash, ko'z qorachig'iday asrash har bir fuqaroning muqaddas burchi deb bilaman dedi bo'lim rahbari A.Jumashev.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company