To‘rtko‘l tuman Axborot kutubxona markazida “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan "Umr yo‘li charog‘bonlari" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi darajali mehnat faxriysi unvonini olgan Ibodullaeva Xadicha Radjapboevna, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi bosh mutaxassisi Sabohat Ro‘zmetova, “Beruniy” MFY nuroniylar kengashi boshchisi, faxriy o‘qituvchi Fotima Ro‘zimova, mehnat faxriysi Munavvar Reyimberdieva, 45-maktabning fidoyi o‘qituvchilari Muhabbat Aminova, Zaynabjon O‘runova va Xurshida Qodirovalar ishtirok etib o‘zlarining tajribaga boy hayotlaridan hikoya qilib, yosh avlodni o‘z kasbining fidoyisi bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, tadbirda ishtirok qilgan "Onajonim she’riyat" to‘garak a’zolari o‘zlarining ustozlarga yozgan she’rlaridan o‘qib berishdi. Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari o‘z qo‘shiqlari bilan kechaga fayz kiritishdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company