"Inson huquqlari-kelajak avlod uchun"

Inson huquqi-butun insoniyatning orzu-umidlarini o'zida jamlagan keng qamrovli tushunchadir.Inson huquqi to'g'risidagi qonunchilik-inson va fuqarolarning huquqlari,manfaatlari,erkinliklari va majburiyatlari haqidagi hormalar majmuidir.Inson huquqlari to'g'risidagi tushunchalarni kengroq ommaga yoyish,tushuntirish ishlarini olib borish hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari "Toshkent" MFY profilaktika inspektori bilan birgalikda tuman MMTBga qarashli 22-son umumta'lim o'rta maktabi 11-sinf o'quvchilari bilan "Inson huquqlari-kelajak avlod uchun" mavzusida suhbat olib borishdi.Suhbat davomida inson huquqi bu jamiyatning muhim ijtimoiy hodisasi hisoblanishi hamda jamiyat va davlatning o'zaro munosabatlarini tartibga solib turuvchi normativ me'yorlar yig'indisi ekanligi aytib o'tildi hamda mavzu asosidagi savollar orqali o'quvchilarning mavzuga qiziqishi orttirildi.