Joriy yilning 15-oktabr kuni "21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan To'rtko'l tuman hokimining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi G.Nazarova,O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi M.Yusupova hamda tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.Uchrashuvda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun,ya'ni 1989-yil 21-oktabrdan buyon yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar,qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda ona tilimizni asrash va qadrlash to'g'risida aytib o'tildi.Uchrashuv nihoyasida o'quvchilarga mavzuga doir videoroliklar namoyish qilindi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company