"Kitobxon onalar kuni"

Oilada kitobxonlikni,mutolaa madaniyatini shakllantirish,bolalarda kitobga mehr va qiziqishni uyg'otishda nafaqat ota-ona balki bobo va buvijonlarning ham roli katta.Oilada kitobxonlikni targ'ib qiluvchi,muntazam ravishda har oyning 17-sanasida o'tkazilib kelinadigan "Kitobxon onalar kuni" tadbiriga bugun To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markaziga bir necha yillar davomida ta'lim sohasiga mehnati singgan nafaqadagi pedagog,ziyoli ona,nevaralarining mehribon buvisi M.Aminova tashrif buyurdi.Tadbirda mehmonimiz tadbir ishtirokchilari bilan o'zining hayot tajribalari va ish faoliyati davomida kitobning o'rni va ahamiyati to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.