Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To‘rtko‘l fakulteti dekani o‘rinbosari Bahrom Madirimov tumandagi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarini ilmiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Muborak Sharipova o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha samarali uslublar va yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Konferensiyada yangidan chop etilgan “Qoraqalpog‘iston joy nomlarining izohli lug‘ati” taqdimoti ham o‘tkazilib, To‘rtko‘l, Ullibog‘, Bazirgan, Kaltaminor va boshqa tarixiy joy nomlariga izohlar berildi.
Ishtirokchilar bildirgan fikr va mulohazalar inobatga olinib, amaliyotga joriy etilishi ko‘rib chiqilishi belgilandi. Xususan, haftaning bir kunini “Adabiy tilda so‘zlashamiz” kuni sifatida belgilash taklifi barchaga ma’qul bo‘ldi.
Tumanda ilk marotaba o‘tkazilgan ushbu ilmiy konferensiya “Til himoyachilari”ni birlashtiradi va o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini boshlashida debocha bo‘lishi shubhasiz. Ilmiy konferensiyada To’rtko’l tuman Axborot-kutubxona markazining mutaxassisi M.Yusupova ham faol ishtirok etdi va o’z takliflarini bildirdi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-18⁰⁰
231200, To’rtko’l shahar Mustaqillik ko‘chasi № 8-uy.
© Copyright all right reserved by Isoftware Company